35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

 MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F. Xashimova hamda
tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Fozilov tomonidan Tojik
mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va
obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor “og‘ir” toifaga kiritilgan mazkur
mahallani kompleks rivojlantirish hamda uning ixtisoslashuvini
chuqurlashtirishga qaratilgan “Manzilli dastur” doirasida infratuzilmani
yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
 

Xususan, “PLANDEM” MChJ tomonidan Tojik ko‘chasida 1 kilometr
uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi hamda beton ariq qurilishi ishlari
o‘rganilib, qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati,
loyiha hujjatlariga muvofiqligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi
monitoring qilindi.
 

Shuningdek, mazkur loyihaning amalga oshirilishi mahalla aholisi uchun
qulay va xavfsiz piyodalar harakatini ta’minlash, ichki yo‘llarning
infratuzilmasini yaxshilash, yomg‘ir va oqova suvlarni tartibli chiqarish
orqali hududning sanitariya holatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi alohida
ta’kidlandi.
 

Monitoring yakunida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan
muddatlarda, amaldagi qurilish me’yorlari va sifat talablariga to‘liq rioya
etgan holda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 

Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, bartaraf etilishi deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4