35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida

14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Zamira Jabborova, Toyloq tumani hokimi o‘rinbosari Tulqin Gulmurodov, tuman Kengashi mutaxassislari hamda “Muborak” mahallasi raisi ishtirokida mahalladagi 14-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va qurilish ishlari o‘rganildi.

🖊 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori asosida, Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.

📊Loyiha doirasida jami 2 milliard 100 million so‘m mablag‘ hisobidan maktab hududida zamonaviy 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali hamda 50 o‘rinli oshxona qurilishi olib borilmoqda.

✍️O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va obyektning tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🤝 Mas’ullar bilan muloqot davomida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, yaratilayotgan sharoitlarning o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

➡️ Ta’lim muassasalarida zamonaviy infratuzilmani yaratish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bunday loyihalar hudud taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4