Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi T.Maxmudov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida "G‘ishtko‘prik" MFY, ZGuzar ko‘chasi 46-uyda yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor B.G‘iyosovning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Aniqlanishicha, hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ hisobidan o‘z faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Bugungi kunda B.G‘iyosov oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib, mahalla aholisini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda oilaviy daromadni oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi.
O‘rganish davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni aholiga keng yetkazish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi