35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan Qo‘qon shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat uy hayvonlarini emlash ishlari, veterinariya tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, turli yuqumli kasalliklarga gumon qilingan hayvonlarni vaqtincha saqlash joylari, veterinariya dori vositalarining saqlanish holati hamda bo‘limning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan hududda epizootik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, jumladan, qoramollar o‘rtasida kuydirgi, qo‘y va echkilarda brutsellyoz, itlarda quturish, shuningdek, dermatomikoz kasalliklariga qarshi emlash ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.

O‘rganish jarayonida kasallik alomatlari aniqlangan hayvonlardan namunalar olinib, veterinariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilishi, zarurat tug‘ilganda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi hamda kasalliklarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, shahar hududidagi dehqon bozorlari faoliyati ham nazorat ostida ekani, veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida go‘sht va boshqa chorvachilik mahsulotlari doimiy ravishda ekspertizadan o‘tkazilib, iste’mol uchun yaroqliligi tekshirilishi haqida axborot berildi.

Shuningdek, hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan yuqumli kasalliklar aniqlangan taqdirda zararlangan mahsulotlarni utilizatsiya qilish, chiqindilarni belgilangan tartibda saqlash hamda maxsus maydonchalarda zararsizlantirish ishlari tashkil etilgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2