35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
#deputat faoliyatidan

Hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va komunal-infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
bugun Abdulla Qahhor mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi, ichki yo‘llar va ijtimoiy obyektlarning bugungi holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
🔍 O‘rganishda:
Alisher Samadov — Hudud deputati;
Mukarram Nematullayeva — Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyatidan biriktirilgan mas’ul xodim;
Mahalladagi hokim yordamchisi ishtirok etdi.

📍 Nazorat tadbiri davomida ishchi guruh tomonidan hududdagi bir qator obodonlashtirish va komunal masalalar tahlil qilindi, xususan:
Mahalla ichki yo‘llarining holati;
Bolalar maydonchalarining xavfsizligi va sozligi;
Ko‘p qavatli uylarning kirish qismlari (podyezdlar) holati;
Abdulla Qahhor ko‘chasi, 15-uy old qismidagi piyodalar yo‘laklarining (troyuarlar) bugungi ahvoli.
✍️O'rganish jarayonida har bir yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar shunchaki kuzatilib qolinmasdan, deputatning muammolarni qayd qilish daftariga alohida tushirildi.

Bildirilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) rahbari hamda shahar hokimining tegishli o‘rinbosari bilan birgalikda muammolarni yechish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va vazifalar belgilab olindi.

Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom etadi.

Slide 1 of 4