35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
Aholi bilan yuzma-yuz muloqot

Yurtimizda aholi murojaatlarini o‘rganish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish va mahallalardagi ijtimoiy muhitni yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, xalq vakillarining joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Qonunchilik palatasi deputati G.Xalmuratova, Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati B.Qurbonov va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Atanazarovlar tumandagi Suenli MFY faollari, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. O‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va mahalla tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aholining muammolari, takliflari tinglandi va muammolar yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlik qilinishi bildirildi. 

Slide 1 of 5