35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA

 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Bugun Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i O.Shukrullayevning hisoboti muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni bandlikka jalb etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, subsidiya va grantlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.