35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
Deputatlik nazorati: elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi

 Deputatlik nazorati: elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-25-42-7-101-K/26-son qarori asosida Yangiravot mahallasi, Chimboy MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVA F-Uchqara EUTni rekonstruksiya qilish uchun mablag‘ ajratilgan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi elektr ta’minoti holati ko‘zdan kechirilib, 10 kVA F-Uchqara EUTni rekonstruksiya qilish ishlari amalda bajarilmagani aniqlandi.

Deputat tomonidan mazkur masala deputatlik nazorati tartibida nazoratga olinib, ajratilgan mablag‘lar hisobidan rejalashtirilgan ishlarning belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborish rejalashtirildi.

⚡️ Deputatlik nazorati — aholi murojaatlari va hududiy muammolar yechimi yo‘lida.

Slide 1 of 2