35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
Yong‘indan jabr ko‘rgan fuqarolar holidan xabar olindi

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Yong‘indan jabr ko‘rgan fuqarolar holidan xabar olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Majidov Yashnobod tumanidagi 48-Behizor saylov okrugi tarkibiga kiruvchi "Behizor" MFYga tashrif buyurib, mahalla faollari, oqsoqollar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📝 Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar, aholi turmush sharoiti hamda yaqinda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jabr ko‘rgan oilalarning bugungi holati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, deputat mahalla faollari bilan birgalikda yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonga borib, fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi va ularning ehtiyojlari hamda murojaatlarini o‘rgandi.

📉 O‘rganish jarayonida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash, ularga zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalish mahalliy Kengash deputatlarining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va murojaatlariga tezkor yechim topish borasidagi ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

📨 Muhokama yakunida aniqlangan masalalarni hal etish maqsadida jabrlangan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda mazkur masalalar ijrosini deputatlik nazoratida olib borishga kelishib olindi.

💬 Fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni amaliy hal etish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4