35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 📈Hududdagi tadbirkorlar faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-«Shifokor» saylov okrugi deputati O.Lapasova hamda Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahalla hokim yordamchisi faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha hududdagi tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyurib, ularning faoliyati, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida savdo, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlar faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Ayniqsa, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ–440-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirildi. Qonun talablaridan kelib chiqib, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati jarayonida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahallada iqtisodiy faollikni oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, tadbirkorlarning murojaatlarini qonunchilik asosida hal etish hamda ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 2