35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA OBODONLIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA OBODONLIK HOLATI O‘RGANILDI

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "11-Taqachi" okrugi deputati Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna tashabbusi bilan Taqachi mahallasida tuman Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasiga muvofiq boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi hamda ko‘p qavatli uylarda yashash sharoitlari o‘rganildi.

🏢 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va pod’yezdlari, yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi holatiga e’tibor qaratildi. Hududda 4 ta 4 qavatli va 2 ta 9 qavatli ko‘p qavatli uy mavjudligi qayd etildi.

⚙️ Mazkur uylarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda isitish tizimi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

📈 Belgilangan dasturga muvofiq ko‘p qavatli uylarning tom va yerto‘la qismlarini ta’mirlash, ichki yo‘laklar hamda podyezdlarda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

🕯 Ushbu vazifalar ijrosini nazorat qilish maqsadida hududdagi 23-ko‘p qavatli uyda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan joyiga chiqib tanishildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, belgilangan ishlarni sifatli yakunlash va aholi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

↗️ Ko‘p qavatli uylarda yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bunday o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 6