35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati F.Mamajonov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Aziztepa" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida mahalla hududidagi Nurafshon, Mexrjon va Sariqqamish ko‘chalari uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmagani, buning natijasida ayniqsa kuz-qish mavsumida aholi uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida "Aziztepa" MFY hududidagi Nurafshon, Mexrjon va Sariqqamish ko‘chalarini asfaltlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, mazkur ishlarni amalga oshirish muddatlari hamda bu borada asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2