35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
📌 BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA


Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish va masalalarni muhokama qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari doimiy komissiyasi raisi hamda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Nurul Islom” jome masjidi bosh imom-xatibi bilan bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar, aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, yoshlar tarbiyasi, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan biriktirilgan tashkilot faoliyatini o‘rganish, vazifalarni belgilash, hudud rivoji va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2