35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda 

🇺🇿 Deputatlik nazorati – ta'lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Qorabog‘” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida 46-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🔍 Nazorat jarayonida:

• muassasaning bugungi faoliyati;

• bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

• oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ta’minoti;

• sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;

• ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim masalalar yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi. Kelgusida bolalarga yanada sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning xavfsiz va qulay muhitda tarbiyalanishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Deputatlik nazorati fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda sohada mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4