O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi hamda mahallalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va vakolatlarini mustahkamlaydi.
Mazkur Qonunga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholi manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar, xotin-qizlar va keksalar bilan ishlash, shuningdek, fuqarolarning mahalla boshqaruvida faol ishtirok etishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiradi.
Qonun mahalla tizimida ochiqlik, shaffoflik, fuqarolar ishtiroki va jamoatchilik nazorati tamoyillarini mustahkamlab, aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kuchli mahalla – tinchlik, hamjihatlik va farovon jamiyatning mustahkam poydevoridir! Mahalla faoliyatini yanada rivojlantirish esa fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi