Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli S.Tojiyevaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, Qonun ijrosi doirasida 2 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgani, shuningdek, 5 nafar xotin-qizning ijtimoiy holati o‘rganilib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgani ma’lum qilindi. Bu orqali ehtiyojmand xotin-qizlarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlarni manzilli tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi