35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 14-Xalqabod saylov okrugidan saylangan deputat Ollomurodov Otabek hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov tomonidan “Shaffof” mahallasida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2026- yil 6-maydagi VII-21-54-8-115-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 11- oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan “Shaffof” mahallasining “Gazchilar”, “Axunboboyev” hamda “Navobod-1”, “Navobod-2”, “Navobod-3” ko‘chalarini belgilangan hajmda asfalt-beton qoplamasi yotqizish orqali ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

O‘rganish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Navobod-1”, “Navobod-2” va “Navobod-3” ko‘chalarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi joyida ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda ushbu ko‘chalarda tosh-shag‘al aralashmasini yoyish va tekislash ishlari yakunlanib, asfalt-beton qoplamasini yotqizish uchun zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Deputatlik nazorati davomida bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish texnologiyalariga rioya qilinishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari mazkur qaror ijrosini muntazam nazorat qilib borib, har bir bosqichda amalga oshirilayotgan ishlar sifati va samaradorligini o‘rganishda davom etadilar.

Ushbu loyihaning to‘liq va sifatli amalga oshirilishi mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Slide 1 of 5