35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputatlik nazorati: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktyabrda qabul qilingan O‘RQ–642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash holati yuzasidan Muzrabot tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etildi. Unda qonun talablarining amaldagi ijrosi har tomonlama tahlil qilinib, aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, davlat va hududiy bandlik dasturlari ijrosi, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari, yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarining samaradorligi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, kvotalangan ish o‘rinlarining holati, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda yashirin mehnat munosabatlarini legallashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilgan fuqarolar bilan ishlash tizimi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining natijadorligi, qonun ijrosi davomida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar asosida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3