35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputatlik nazorati markazida – aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 5-«Paxtaorol» saylov okrugidan saylangan deputat Alimov Farxod, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Shoymardonov ishtirokida «Dehqonobod» mahallasida joylashgan 47-oilaviy poliklinika filiali faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputatlik nazorati davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati, shifokor va hamshiralar faoliyati, fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi, ambulator davolash xizmatlari, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, ularni belgilangan tartibda saqlash holati, tibbiy jihozlardan foydalanish samaradorligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar har tomonlama tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida deputatlar muassasaning qabul bo‘limi, davolash xonalari, laboratoriya, dori vositalarini saqlash xonasi hamda kunduzgi davolanish bo‘limini ko‘zdan kechirib, tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati tomonidan amaliy yechim talab etadigan bir qator masalalar deputat e’tiboriga havola qilindi. Xususan, dori vositalarini saqlash uchun ajratilgan maxsus xonada hamda kunduzgi davolanish palatalarida sovitish uskunalari (konditsioner) mavjud emasligi sababli ayrim dori vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan harorat rejimini to‘liq ta’minlash imkoniyati cheklanayotgani qayd etildi. Bu holat dori vositalarining sifatini saqlash va ularning samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, kunduzgi davolanish bo‘limida bemorlar uchun qo‘shimcha kushetkalarga ehtiyoj mavjudligi bildirildi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan belgilangan tartibda maxsus ro‘yxatga olinib, ularni ijobiy hal etish maqsadida Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ijrosi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Slide 1 of 3