35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi
O.R. Kashkarov Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

👉Yig‘ilish davomida Qo‘mita boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalarining faoliyati, ularga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglandi. Jumladan, “Ekokultura” milliy loyihasini amalga oshirish boshqarmasi hamda Ekologik ta’lim bo‘limining faoliyati atroflicha muhokama qilindi.

🤝Muhokamalar jarayonida Qo‘mita rahbariyatiga “Ekokultura” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan ekologik oromgohlarda Jamoatchilik kengashi a’zolari va O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlarini bioxilma-xillik hamda ekologiya yo‘nalishlarida ekspert sifatida jalb etish taklifi ilgari surildi.

✅Shuningdek, Jamoatchilik kengashi a’zolari Qo‘mita Ekologik ta’lim bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda respublikamizdagi litsey va kollej o‘quvchilari uchun ekologik mavzularda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

✅Bildirilgan takliflar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mas’ul boshqarma rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda bioxilma-xillikni asrash borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 4