35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qurilishi davom etayotgan futbol maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇

An’anaviy “Yoshlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi
Saidaliyev A. hamda tuman rahbarlari ishtirokida 2026-yilda muddatli harbiy xizmatni muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z tumaniga qaytgan 56 nafar yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Vatan oldidagi muqaddas burchini sharaf bilan ado etib qaytgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

💬Muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
💼yoshlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash;
🛠zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish;
📈tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va biznes loyihalarini rivojlantirish.

🔠Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Ish bilan band bo‘lmagan 17 nafar yoshning murojaat hamda takliflari atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar mas’ullariga aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

🇺🇿Vatan himoyasidan sharaf bilan qaytgan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelgusidagi hayot yo‘lida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5