#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov hamda tumani hokimligi Energiya menejeri I.Ruzimurotov tomonidan Chelak–Mitan avtomobil yo‘lida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mas'ullar tomonidan qurilish-montaj ishlari, yo‘lning sifat ko‘rsatkichlari, belgilangan reja va jadval asosida olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, loyiha ijrosi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mas'ullar tomonidan yo‘l qurilishi jarayonining sifati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi alohida nazoratga olinayotgani ta'kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|