35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Shahar bolalar shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi mobaynidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Bolalar shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida shifoxonada bemor bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, davolash bo‘limlarining moddiy-texnik ta’minoti, palatalarning sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiy xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, davlat tomonidan bepul ajratiladigan dori-darmon vositalarining mavjudligi, ularni saqlash va hisobini yuritish tartibi, bemorlarga o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda yetkazib berilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, dori vositalarining yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va ta’minot tizimi tahlil qilindi.

Bundan tashqari, bemor bolalar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulayliklar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik, ovqatlanish sifati hamda tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, shifoxonada tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, bepul dori-darmonlar ta’minotini takomillashtirish hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6