“Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida navbatdagi manzil Ohangrabo ko‘chasi bo‘ldi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich ko‘chaboshi A.Seytov bilan suhbatlashib, ko‘chadagi mavjud holat va aholi uchun dolzarb masalalarni muhokama qildi.
💡 Suhbat davomida ko‘cha hududini tungi vaqtda yoritish masalasi ko‘tarildi. Ko‘chaboshi tomonidan bildirilgan taklif deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.
📌 Bu kabi uchrashuvlar davomida ko‘chalar kesimidagi muammolar bosqichma-bosqich o‘rganilib, aholi takliflari asosida amaliy yechimlar izlanmoqda.