35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
#haftalik_ish_reja #KQ_35_sonli_qaror #deputat_faoliyati #dasturlar_ijrosi 🗣Obod mahalla – yurt ko‘rki: Termizda mahallalarni obodonlashtirish va infratuzilmaning holati o‘rganilmoqda!
Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan shahardagi mahallalarda bugungi kunda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda hududlardagi infratuzilma holati bilan yaqindan tanishdi.


💬O‘rganish davomida mahalla ko‘chalarining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi:

🟢Yo‘l va yo‘laklarni tartibga keltirish: Piyodalar va transport vositalari xavfsiz harakatlanishi uchun ichki yo‘llarni tekislash va piyodalar yo‘lakchalarini tartibga solish;

🟢Ariq-zovurlarni tozalash: Yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj va ariq tarmoqlarini chiqindilardan tozalash;

🟢Yashil hududlar parvarishi: Daraxtlarni butash, oqlash hamda ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish;

🟢Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari: Elektr, gaz va ichimlik suvi quvurlarini tartibga keltirish, xavfsizlik talablariga moslashtirish;

🟢Noqonuniy qurilmalarga chek qo‘yish: Ko‘chalar kengligini ta’minlash hamda mahallaning umumiy estetik qiyofasini saqlash maqsadida noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish.

💬"Mahallamizning obodligi har bir xonadonning, har bir ko‘chaning ozodaligidan boshlanadi. Qurilish va obodonlashtirish ishlari xo‘jako‘rsinga emas, chin dildan va sifatli bajarilishi shart. Bu borada 'mahalla yettiligi' hamda mutasaddi idoralar mas’uliyati ikki karra oshishi lozim," — deya ta'kidladi shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev.

🫥O‘rganishlar yakunida ishlarni yanada jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan “mahalla yettiligi” vakillari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq, muddatli topshiriqlar berildi.
Slide 1 of 7