Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Investitsiya dasturi doirasidagi loyiha bilan tanishildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida amalga oshirilayotgan Investitsiya dasturi doirasidagi loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida loyiha ijrosi, amalga oshirilayotgan qurilish va tashkiliy ishlar hamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Investitsiya dasturiga muvofiq hududda rentgen plyonkalarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, mahalliy mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, hududning investitsiyaviy jozibadorligi oshishi va mahalliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3