O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–996-son Qonuni har bir bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha'ni, qadr-qimmati hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.
Mazkur Qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlangan bolalarni himoya qilish, ularga zarur ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish hamda bu boradagi mas'ul davlat organlarining vakolatlarini belgilaydi.