✅ Oliy Majlis Senati devoni huzuridagi Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminarda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi E.Yunusov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Zoom platformasi orqali ishtirok etmoqdalar.
Seminar davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini o‘rganish natijalari, aniqlangan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinmoqda.