35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
#Chinoz_tumani Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.

#Chinoz_tumani
#qabul

Chinoz tumanida ochiq muloqot:
Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.

Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi.

Qabulda Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i V. Mansurova hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.

Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.

Slide 1 of 4