35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi

#Chinoz_tumani
#Doimiy komissiya

Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi

Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni doimiy komissiya raisi Ra'no Fozilova olib bordi.

Majlisda Kengash kotibiyati mudiri Asqar Baxromov ishtirok etdi.

Kun tartibida masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari Sh.Nizamudinovning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Kun tartibidagi masala muhokamasida Kengash kotibiyati mudiri A.Baxromov, Doimiy komissiya a'zolari A.Aliyev, Sh.Botirovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3