Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozarovning saylov okrugi hududidagi «Degrizlik» mahallasida shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan 24 ta tavsiya asosida yoshlar yetakchisi M.Qosimovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalladagi yoshlarning muammolarini aniqlash, ularning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, fan, kasb-hunar va sport to‘garaklariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi M.Qosimov hamda mahalla raisiga yoshlarning muammolarini tizimli o‘rganish, ularni turli fan va sport to‘garaklariga kengroq jalb etish, yoshlar bandligini ta’minlash va mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan bir qator tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2