Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
Tibbiyot muassasasida xizmat sifatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Novobod” mahallasidagi oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida muassasada bemorlarni qabul qilish tartibi, shifokorlar faoliyati, elektron navbat tizimi, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi, mavjud muammo va takliflari o‘rganildi. Muassasa rahbariyati bilan muloqot davomida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish, navbatlarni qisqartirish hamda murojaatlarga tezkor munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 5