Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga ijobiy javob taqdim etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi
Deputat so'rovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi.

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Shapiyev Bekbergen Abdreymovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Qushchilik” mahalla fuqarolar yig‘ini “Yurtdoshlar” ko‘chasida ichimlik suvi quviri yorilib, suv ko‘chaga oqib, isrof bo‘layotganligi va ushbu quvirlarni
ta’mirlab, masalani ijobiy hal qilishga zarurat tug‘ilayotganligi va ushbu masala bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 Deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1