35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
Murojaatlar daftari yuritilishi va ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi qonun yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Murojaatlar daftari yuritilishi va ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi qonun yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi Abdullayeva Komila Fayzullayevna tomonidan 1-Xalqobod saylov okrugidagi “Orol” mahallasida murojaatlar daftari yuritilish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida murojaatlar daftari yuritilishining amaldagi tartiblarga muvofiqligi, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida qayd etilishi va ijro jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla mas’ullari bilan O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan savol-javob tarzida muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan normalarning amaliyotdagi qo‘llanilishi hamda ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ishtirokchilarning bilim va xabardorlik darajasi o‘rganildi.

Slide 1 of 3