Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Yig‘ilishidan so‘ng "Guliston" mahallasida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va nazoratga olindi!
Samimiy kechgan ushbu qabul davomida har bir fuqaroning muammosiga alohida, manzilli e’tibor qaratildi.

💬Muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahallani har tomonlama rivojlantirish hamda ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan quyidagi dolzarb murojaatlar kelib tushdi:

🟢Ichki yo‘llarni ta’mirlash: Mahallani obod qilish, aholi va transport vositalarining harakatlanishiga qulaylik yaratish maqsadida ichki yo‘llarga qum-shag‘al yotqizish va asfaltlash ishlari;

🟢Tungi yoritish tizimi: Mahalla ko‘chalarining tungi xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish maqsadida tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;

🟢Uy-joylarni ta’mirlash: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan xonadonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida uy-joylarini ta’mirlashda amaliy yordam berish;

🟢Sog‘liqni tiklash uchun moddiy yordam: Surunkali kasalligi bor, davolanish va tibbiy muolajalarga muhtoj bo‘lgan bir guruh fuqarolarga sog‘lig‘ini tiklashlari uchun moddiy yordam ajratish masalalari.

🫥Taqdim etilgan har bir murojaat diqqat bilan o‘rganilib, deputat F.Homidovning “murojaat daftari”ga batafsil rasmiylashtirildi.

📄Ushbu masalalarni, xususan, yo‘l, yoritish chiroqlari va uy-joy muammolarini qisqa muddatlarda tizimli hal etish maqsadida, daxldor mutasaddi tashkilotlar hamda shahar hokimligining tegishli bo‘limlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

💬"Deputatning xalq oldidagi eng katta hisoboti — bu quruq ma’ruzalar emas, balki odamlarimizni qiynayotgan mana shunday hayotiy va ijtimoiy muammolarga real amaliy yechim topib berishidir. Har bir ko‘tarilgan masala qat’iy nazoratimiz ostida bo‘ladi," — deya ta'kidlashdi xalq vakillari.
Slide 1 of 5