Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi 📊Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Jo‘yjangal" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha va tanqidiy tahlil qilindi.

💬Tahlil jarayonida quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Aholi bandligi: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy va barqaror daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar samaradorligi;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli hamda samarali sarflanishi holati;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning "xonadonbay" sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga (kasb-hunarga) jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.

💬"Hokim yordamchisining faoliyati qog‘ozdagi hisobotlar yoki quruq raqamlar bilan emas, balki mahallada yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, muqim ishli bo‘lgan fuqarolar va daromadi oshgan xonadonlar soni bilan baholanishi shart. Bu borada deputat bilan hamkorlikda ishlash muammolarga tezkor va qonuniy yechim topish imkonini beradi," — deya ta'kidladi Kengash raisi.