Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Qonun ustuvorligi mahallada: "Navro‘z" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati muhim qonunlar doirasida tahlil qilindi!
Mas’ullar tashrif davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati va o‘zaro hamkorligini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

💬Uchrashuv davomida mahalla faollarining faoliyati davlatimiz tomonidan qabul qilingan muhim qonun hujjatlari ijrosi kesimida tahlil qilindi:

🟢Xotin-qizlar faoli faoliyati: O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash, nizoli oilalar bilan ishlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan choralar ko‘rib chiqildi.

🟢Hokim yordamchisi faoliyati: Mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi. Aholining o‘zini o‘zi band qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi.

🟢Profilaktika inspektori faoliyati: O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan "xonadonbay" profilaktik ishlar holati tahlil qilindi.

💬"Mahalla faollarining har bir harakati qonun talablariga mos kelishi va eng muhimi, aholining turmush farovonligi, xavfsizligi va ijtimoiy himoyasiga xizmat qilishi lozim. Bizning maqsadimiz — xalq roziligiga erishish va mahallamizni muammolardan xoli hududga aylantirishdir," — deya ta'kidladi deputat.

🫥O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalarni tizimli hal etish, "mahalla yettiligi" faollari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2