Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari,Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Kosimov Jamshidbek Komilovich hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Kosimov Jamshidbek Komilovichning 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sessiya oldidan o‘tkazilgan deputatlik nazorati tadbirlari natijalarida aniqlangan holatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasidan Ichki ishlar bo‘limi faoliyati va fuqarolar murojaatlari yuzasidan olingan ma’lumotlar asosida qator dolzarb masalalar ko‘tarildi.Xususan, mahallalarda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish, tungi vaqtlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ichki ko‘chalarda transport vositalari tezligini cheklovchi sun’iy to‘siqlar o‘rnatish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olindi hamda hisobotni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash,fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.Yig‘ilish yakunida namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilinib, unda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish belgilandi.  

Slide 1 of 8