Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Parkent tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Maxamatovning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.Hisobotda mahalliy budjet daromadlarini oshirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, soliq qarzdorligini kamaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulayliklar hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan budjet tushumlarini yanada ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish, qarzdorlikni qisqartirish, tadbirkorlik subyektlari bilan manzilli ishlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan savollar berilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.  

Slide 1 of 7