Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasining tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.Ta’kidlanganidek, hisobot davrida fuqarolar qabuli,sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda takroriy murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan.Ayniqsa, aholini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik, kadastr, yer munosabatlari,
ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa dolzarb masalalarni joyida o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.Doimiy komissiya a’zolari tomonidan axborot yuzasidan murojaatlar tahlili, ularning hududlar kesimidagi holati, takroriy murojaatlar sabablari, ijro intizomi hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish hamda takroriy murojaatlarning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiya va takliflar berildi.Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan namunaviy doimiy komissiya qarori asosida tegishli qarori qabul qilinib, unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash
samaradorligini yanada oshirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.
  

Slide 1 of 6