Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
DEPUTAT TOMONIDAN O‘SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI PARKENT TUMANI BO‘LIMIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi O‘RQ-484-son Qonuni ijrosi yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Parkent tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida bo‘lim mutaxassislari ishtirokida qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchrashi mumkin bo‘lgan zararkunandalar, kasalliklar hamda begona o‘tlarga qarshi olib borilayotgan fitosanitar tadbirlar, eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning karantin nazorati, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan axborot tinglandi. Deputat tomonidan o‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:qonun talablarini ijro etish bo‘yicha tasdiqlangan ish rejalari va ularning bajarilish holati; fitosanitar monitoring va karantin tadbirlarining tashkil etilishi;murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi; xodimlar soni, ularning malaka oshirish holati va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari.O‘rganish davomida bo‘lim faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar, mavjud ehtiyojlar hamda qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilishi hamda zaruratga ko‘ra mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4