Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-"Chashma" saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Jarayonda markazning ish faoliyati, kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifati bilan tanishildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar va qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.Suhbat davomida kutubxona fondida 66 ming 722 ta adabiyot mavjudligi, shundan 52 ming 937 tasi kitob ekani hamda kitobxonlar soni 9 ming 664 nafarga yetgani ma’lum qilindi.Shuningdek, muassasa xodimlarining taklif va mulohazalari tinglanib, axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 5