Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubayeva Bazargul Maxammatdinovna hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich o‘zlari saylangan “Do‘stlik” MFY saylovchilari oldida 2026-yil olti oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Deputatlarning axboroti saylovchilarga Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan o‘qib eshittirildi.

🏛 Axborot berish jarayonida Senat Kengashining 2024-yil 31-yanvarda tasdiqlangan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning namunaviy tartibi” talablaridan kelib chiqib:

🔹 deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari;
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilgan masalalar va eshitilgan hisobotlar;
🔹 qabul qilingan normativ qarorlar;
🔹 fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar;
🔹 saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar hamda ularning natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🏗 Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz ta’minoti va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularga olingan javoblar hamda ijobiy hal etilgan masalalar haqida ham saylovchilar xabardor qilindi.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan Taxiatosh tumani hokimligi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i K.Bektayev, “Toza hudud” DUK Taxiatosh tumani filiali rahbari N.Shishenbayev, “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratov, Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.

⚡️ Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflar nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 9