Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
XAVFSIZLIK — DOIMIY NAZORATDA!

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 11-Adas saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya kotibi A.Usmonov hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari hamkorligida tuman markazidagi "Vatanparvar" bog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 Asosiy e’tibor: Bog‘ hududida faoliyat ko‘rsatayotgan attraksionlarning texnik sozligi, yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi va hujjatlarining joyidaligiga qaratildi.
💬 "Farzandlarimiz hordiq chiqaradigan maskanlar, eng birinchi navbatda, ular uchun xavfsiz bo‘lishi shart. Maqsadimiz — ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish," — deydi deputat A.Usmonov.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2