Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga ijobiy javob taqdim etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi
Kotib

O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Tillayev Alisher Xasanovich tomonidan “Munavvarqori” mahallasi fuqarolarining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

“Munavvarqori” mahallasi aholisi Yuzrabot ko‘chasidan o‘tuvchi avtotransport vositalarining “Munavvarqori” mahallasiga kirishi uchun yo‘lning orqaga qayrilib olish joyi ancha uzoq masofada ekanligi sababli mahallaga kiruvchi barcha mashinalar mahalla hududidagi fasd food (EVOS) yon tomonidagi ko‘chadan xarakatlanayotganliklari, bu esa ushbu ko‘chada avtotransport vositalarining serqatnov bo‘lishi fuqarolarning xavfsiz xarakatlanishlari uchun noqulayliklar tug‘dirayotganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, hududdagi fasd food (EVOS) (ovqatlanish maskani) asosiy yo‘ldan unga kirish uchun qo‘shimcha masofadagi yo‘lni ochganligi sababli ham barcha avtotransport vositalari faqatgina “Cho‘ldaraxt” ko‘chasidan kirayotganligini aytishdi.

Deputat tomonidan fuqarolar e’tirozlari asosida bildirilgan murojaat yuzasidan yo‘l xarakati xavfsizligi yo‘nalishida deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5