Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!

          "Tashabbusli byudjet" loyihasi mahallalar va ijtimoiy soha ob’yektlari infratuzilmasini yaxshilashda eng shaffof va samarali tizimga aylandi. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri I.Jurayev, "Mahalliy
byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya" raisi E.Qurbonov, hudud deputati hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi A.Karimovlardan iborat ishchi guruh
navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdilar.
Ishchi guruh a’zolari "Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumida aholi
va jamoaning faolligi evaziga g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tumandagi 73-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida (DIUM) bo‘ldilar. Xalq vakillari loyiha doirasida maktab uchun yangi oshxona binosini qurish bo‘yicha boshlangan
dastlabki ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Farzandlarimizning zamonaviy va shinam sharoitlarda ovqatlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi ushbu loyihaga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va qurilish sifati deputatlarning doimiy nazoratida bo‘ladi. 

   

Slide 1 of 4