Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Charogʻon mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan yozgi sogʻlomlashtirish markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda olib borilayotgan monitoring tadbirlari doirasida tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band etish hamda jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Oʻrganishda markazda bolalar uchun tashkil etilgan to‘garaklar, sport va madaniy-ma’rifiy mashg‘ulotlar, dam olish jarayonlari hamda xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yozgi sog‘lomlashtirish markazining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4