Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
TOSHLOQTEPA MFYDAGI 3-OILAVIY POLIKLINIKA FILIALI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Toshloqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni o‘rganish doirasida 3-oilaviy poliklinika filiali faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida filialda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur filial 12 500 nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib, unda 20 nafardan ziyod tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Shunga qaramay, muassasada atigi 2 nafar oliy ma’lumotli shifokor xizmat olib borayotgani mavjud yuklamaning yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

O‘rganish jarayonida filial faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, muassasada sanitariya talablariga javob beradigan hojatxona, zamonaviy laboratoriya, dori vositalarini belgilangan talablar asosida saqlash uchun maxsus xona hamda shifokorlar uchun alohida xizmat xonalari mavjud emas. Bundan tashqari, isitish tizimining ishlamayotgani qish mavsumida tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun noqulay sharoitlarni yuzaga keltirishi qayd etildi.

Filial shifokori K.Isaqova muassasada mavjud muammolar, ularning tibbiy xizmatlar sifatiga ta’siri hamda zarur ehtiyojlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha bildirilgan murojaatlar deputatning "Ko‘cha aylanish daftari"ga belgilangan tartibda qayd etildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholi uchun munosib sharoit yaratish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Fuqarolarning sifatli va qulay tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni amaliy hal etish bo‘yicha bunday o‘rganishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 9