Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonuni (1993-yil 3-sentabrdagi №938-XII) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Boyovut tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur bo‘lim tomonidan fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Xususan, Qonunning 2-moddasiga muvofiq yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini o‘z vaqtida tayinlash va to‘lash ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ–353-son qarori ijrosiga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab yoshga doir pensiyalar fuqarolarning alohida murojaatisiz, proaktiv shaklda tayinlanayotgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Prezidentning 2025-yil 27-maydagi PQ–194-son qarori asosida 2025-yil 1-iyuldan boshlab I va II guruh nogironligi belgilangan fuqarolarga nogironlik pensiyalarini proaktiv tarzda tayinlash amaliyoti joriy etilgani, shuningdek, pensiya tayinlangandan so‘ng mehnat stajiga qarab pensiya miqdorini qayta hisoblash hamda qonunchilikda nazarda tutilgan kompensatsiyalarni tayinlash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida 2025-yil 1-oktabrdan boshlab pensiya to‘lovlarini Face ID texnologiyasi orqali amalga oshirish hamda to‘lov qaydnomalarini planshet qurilmalari orqali elektron imzo bilan rasmiylashtirish tizimi joriy etilgani yuzasidan ham ma’lumot berildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini izchil ta’minlash, fuqarolarga pensiya tayinlash va to‘lash jarayonlarining ochiqligi hamda shaffofligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4