Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Aholi bilan jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan profilaktika ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Milliy gvardiyaning tuman Qo‘riqlash xizmati tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan profilaktik tadbirda ishtirok etib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔺Tadbir davomida fuqarolarning mol-mulkini ishonchli muhofaza qilish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda zamonaviy xavfsizlik vositalarini keng joriy etish yuzasidan olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tashvishli tugmalardan foydalanishning afzalliklari, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish imkoniyatlari hamda qo‘riqlash xizmatiga ulanish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🔺Deputat tadbir ishtirokchilari bilan muloqot qilib, aholining xavfsizligini ta’minlashda davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 2